«Manchester Yunayted» va Niderlandiya terma jamoasi hujumchisi Joshua Zirkzee Angliya Premyer-ligasining boshqa klubiga o‘tishi mumkin.
Insayder Ekrem Konurning ijtimoiy tarmoqlarda xabar berishicha, forvard transferiga «Kristal Pelas» qiziqish bildirmoqda. «Burgutlar» yanvar oyidagi transfer oynasida futbolchini o‘z safiga qo‘shib olishga harakat qiladi.
«Qizil iblislar» esa ehtimoliy transfer bo‘yicha o‘z talabini belgilab qo‘ygan. Manchesterliklar Zirkzeeni sotishdan taxminan 30 million yevro ishlab olishni istamoqda.
25 yoshli hujumchi joriy mavsum Angliya Premyer-ligasida atigi ikkita o‘yinda maydonga tushdi va hozircha gol yoki golli uzatma qayd etmadi.













