Chexiya terma jamoasi bosh murabbiyi Santi Deniya «Barselona» va Ispaniya milliy jamoasi vingeri Lamin Yamal «Oltin to‘p»ni qo‘lga kiritishi kerak, deb hisoblaydi.
«Menimcha, u hech qanday shubhasiz «Oltin to‘p» sohibi bo‘lishi kerak. Uning atigi 19 yoshda ekani ahamiyatsiz. Yamal o‘yin taqdirini o‘zgartira oladi, u — jahon chempioni.
Odamlar Laminni ko‘rish uchun stadionga keladi. Ular uni tomosha qilish uchun chiptaga pul to‘laydi», — dedi ispaniyalik mutaxassis.













