Argentina terma jamoasi yarim himoyachisi Franko Mastantuono Burkina-Fasoga qarshi o‘tkazilgan o‘rtoqlik uchrashuvidagi yirik g‘alabadan so‘ng jamoatchilikning unga bo‘lgan bosimi haqida fikr bildirdi. Argentina ushbu bahsda 7:0 hisobida g‘alaba qozondi. Mastantuono esa milliy terma jamoa safidagi ilk golini urdi.
«Odamlar mendan juda ko‘p narsa talab qilishadi. Buni tushunaman, ular mendan nimani kutishlarini ham bilaman. Ko‘pincha menga nisbatan qattiqqo‘l bo‘lishadi, ammo men bundan zavq olishga harakat qilaman. Tanqidlardan shikoyat qilmayman. Men futbolchiman va buni tushunaman.
Biroq odamlar menga bog‘liq bo‘lmagan narsalar haqida ham gapirishadi. Men esa shunchaki o‘z ishimni qilaman va uni har doim yaxshi bajarishga harakat qilaman», — deya argentinalik futbolchining so‘zlarini TyC Sports keltiradi.













