Kataloniyaning «Barselona» klubi bir nechta futbolchi bilan hamkorlikni davom ettirish ustida ishlamoqda. Bu haqda insayder Fabrisio Romano ijtimoiy tarmoqlarida xabar berdi.
«Ko‘k-anorranglilar» uch futbolchining klubdagi uzoq muddatli kelajagini ta’minlamoqchi. Gap himoyachi Xavi Espart, yarim himoyachi Mark Bernal va vinger Rafinya Dias haqida ketmoqda.
Ma’lum qilinishicha, yuqorida nomlari keltirilgan futbolchilarning barchasi Ispaniyaning amaldagi chempionlari bilan yangi shartnoma imzolashga tayyor.
«Barselona» Ispaniya chempionatining yangi mavsumini muvaffaqiyatli boshladi. Xans-Diter Flik shogirdlari ketma-ket yettita g‘alabaga erishib, bu uchrashuvlarda 31 ta gol urdi.













