Kirish Ro'yxatdan o'tish

Vozinya: «Bobom 12 yoshimda alkogolikka aylandi. Men uyga oziq-ovqat olib kelishim kerak edi»

Vozinya: «Bobom 12 yoshimda alkogolikka aylandi. Men uyga oziq-ovqat olib kelishim kerak edi»

Baho:
+ | -

Kabo-Verde terma jamoasi darvozaboni Vozinya yoshlik yillarida oilasining moliyaviy ahvoli qanday bo‘lgani haqida gapirib berdi.

— Ilk maoshingizni nimalarga sarflagansiz?

— Oilamizning suv, internet va elektr energiyasi uchun hisob-kitoblarni to‘ladim. Qahva sotib oldim — bu mening zaif tomonim — va uyda yetishmay turgan ayrim oziq-ovqatlarni oldim. Men har doim pulni oqilona sarflash va bir qismini jamg‘arishni bilganman.

12 yoshimda bobom alkogolikka aylandi. U ishga bormay qo‘ydi, mijozlarini yo‘qota boshladi. Bu kundalik hayotimizga ta’sir qildi. Ba’zida buvim uning qayerdaligini bilmasdi va men uni qidirib borishimga to‘g‘ri kelardi. Bu holat u vafot etguniga qadar davom etdi. O‘shanda men 21 yoshda edim.

Futbol men uchun doimo oddiy o‘yindan ko‘ra ko‘proq narsa bo‘lgan. Otam Portugaliyaga psixologiya va sosiologiyani o‘rganish uchun ketgan, onam esa farrosh bo‘lib ishlagani sababli, men, bir so‘z bilan aytganda, «uydagi erkak»ka aylanganman. Ya’ni oilaga oziq-ovqat olib kelish mening zimmamda edi.

Esimda, uyda umuman hech narsa qolmagan paytlarda buvim supermarketga o‘zining oltin taqinchoqlarini garovga qoldirishiga to‘g‘ri kelardi. Qiyin davrlar bo‘lgan, ammo men hech narsadan muhtoj bo‘lmaganman, — dedi «Kolo-Kolo» futbolchisi.

Kiritildi: 15:52, 04.10.2026.
O'qildi: 594 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик