Entoni Joshua Tayson Fyuriga qarshi bo‘lajak jangdan kutayotgan natijasi haqida fikr bildirdi.
«Aniqki, mening maqsadim — jangni imkon qadar erta yakunlashga harakat qilish. Mening kuchli tomonim — raqiblarni nokautga uchratish va ringga yiqitish. Bu borada o‘z kuchimga ishonaman.
10 raund ichida uni yiqitaman», — dedi Joshua.
Fyuri va Joshua o‘rtasidagi jang 11 dekabr kuni Kardiff shahrida bo‘lib o‘tadi.













