Portugaliya iqtisodiyot vaziri Manuel Kastro Almeyda futbolchi Krishtianu Ronalduning mamlakat milliy brendini xalqaro maydonda targ‘ib qilishdagi roli haqida fikr bildirdi. Uning so‘zlariga ko‘ra, hujumchi Portugaliyaning jahonda tanilishiga katta hissa qo‘shmoqda.
«Krishtianu Ronaldu “Portugaliya” brendining tanilishi va qadriga ulkan ta’sir ko‘rsatmoqda. U — eng mashhur portugaliyalik. Ko‘pchilik Portugaliya haqida faqat Krishtianu Ronaldu tufayli biladi», — deya vazirning so‘zlarini Cabine Desportiva X ijtimoiy tarmog‘ida keltirdi.
Avvalroq Ronaldu Liga millatlari doirasida Daniyaga qarshi Kopengagendagi o‘yin oldidan Jorje Jezush bilan yuzaga kelgan ziddiyat sabab Portugaliya terma jamoasi qarorgohini tark etgani haqida xabar berilgan edi.
Keyinroq ommaviy axborot vositalarida Krishtianu Ronaldu terma jamoadagi faoliyatini yakunlagani haqida ma’lumotlar tarqaldi.













