Kirish Ro'yxatdan o'tish

Florentino Peres «Barselona»ga qarshi «Negreyra ishi»dan foydalanmoqda

Florentino Peres «Barselona»ga qarshi «Negreyra ishi»dan foydalanmoqda

Baho:
+ | -

«Real» «Negreyra ishi» deb ataladigan ish doirasida «Barselona» hakamlikka ta’sir o‘tkazgan, deb hisoblab, kataloniyalik klub jazolanishini talab qilmoqda. Yaqinda Madrid klubi ushbu ish bo‘yicha hujjatlarni UYEFAga yuborgani rasman ma’lum qilindi.

The Touchline Marca nashriga tayanib xabar berishicha, «Real» prezidenti Florentino Peres «Barselona» bilan Superliga loyihasini qo‘llab-quvvatlash borasidagi hamkorlik barbod bo‘lganidan so‘ng, unga qarshi turish uchun «Negreyra ishi»dan foydalanmoqda.

«Barselona»ning Negreyraga to‘lovlari bilan bog‘liq mojaro boshlangan dastlabki davrda «Real» prezidenti kataloniyalik klubni qo‘llab-quvvatlagan edi. Biroq hozir uning pozisiyasi tubdan o‘zgargan.

«Barselona» va «Real» Superliga loyihasini qo‘llab-quvvatlagan so‘nggi klublar bo‘lgan. Ma’lum bir vaqtda kataloniyaliklar ham loyihadan voz kechgan. Madridliklar esa buni eng oxirida amalga oshirgan.

Kiritildi: 16:40, 04.10.2026.
O'qildi: 913 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик