Kirish Ro'yxatdan o'tish

Kunde «PSJ»ga qarshi o‘yin oldidan Dembele va Due bilan suhbatlashadimi?

Kunde «PSJ»ga qarshi o‘yin oldidan Dembele va Due bilan suhbatlashadimi?

Baho:
+ | -

«Barselona» himoyachisi Jyul Kunde Chempionlar ligasida «Pari Sen-Jermen»ga qarshi bo‘lajak uchrashuv haqida Fransiya terma jamoasidagi sheriklari Usmon Dembele va Dezire Due bilan hali gaplashmaganini ma’lum qildi.

Jurnalistlar Kundedan Parij klubi futbolchilari bilan bo‘lajak bahsni muhokama qilgan-qilmagani haqida so‘rashdi.

«Yo‘q, bu haqda hali gaplashganimiz yo‘q. O‘yinga hali vaqt bor. Hozircha butun e’tiborimiz terma jamoa yig‘iniga qaratilgan. Qolaversa, ungacha klublarimiz safida boshqa uchrashuvlarni ham o‘tkazishimiz kerak. Ammo vaqti kelganda, albatta, bu haqda gaplashib olamiz», — dedi Kunde.

«PSJ» va «Barselona» o‘rtasidagi Chempionlar ligasi umumiy bosqichining 3-tur uchrashuvi 20 oktyabr kuni Parijdagi «Park de Prens» stadionida bo‘lib o‘tadi.

Unga qadar «Barselona» «Xetafe», «Galatasaroy» va «Betis» bilan, «PSJ» esa «Le-Man», «Manchester Siti» va «Strasbur»ga qarshi maydonga tushadi.

Kiritildi: 17:09, 04.10.2026.
O'qildi: 616 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик