Kirish Ro'yxatdan o'tish
07/10 19:00 Neftchi - Xorazm

Flik «Xetafe»ga qarshi Adeyemiga imkoniyat berishi mumkin

Flik «Xetafe»ga qarshi Adeyemiga imkoniyat berishi mumkin

Baho:
+ | -

«Barselona» vingeri Karim Adeyemi 5 oktyabr, dushanba kuni jamoa mashg‘ulotlariga qaytishi kutilmoqda.

SPORT ma’lumotiga ko‘ra, Germaniya terma jamoasi futbolchisi xalqaro tanaffusdan jismonan yaxshi holatda qaytmoqda. Adeyemi milliy jamoaning dastlabki ikki uchrashuvida jami 155 daqiqa harakat qildi, ammo keyingi bahslarda dam olish imkoniga ega bo‘ldi. Shu bois u «Barselona»ning navbatdagi o‘yiniga boshqa ayrim futbolchilarga nisbatan tetikroq holatda yetib keladi.

Bu holat Adeyemining 10 oktyabr kuni La Liga doirasida «Xetafe»ga qarshi o‘yinda maydonga tushish imkoniyatini oshirishi mumkin.

Ayniqsa, uning chap qanotdagi asosiy raqobatchilaridan biri Entoni Gordon Angliya terma jamoasi safida katta yuklama olmoqda. Gordon Xorvatiyaga qarshi uchrashuvda ham maydonga tushib, gol urdi va oldinda Chexiyaga qarshi yana bir o‘yini bor. Shu sabab Hansi Flik angliyalik futbolchining jismoniy holatini inobatga olib, unga dam berishi mumkin.

Adeyemi esa «Barselona»dagi yangi mavsumini samarali boshladi. Germaniyalik hujumchi hozirga qadar kataloniyaliklar safida 3 ta gol urib, 2 ta golli uzatma amalga oshirgan.

Shu tariqa, Adeyemi «Xetafe»ga qarshi uchrashuvda Hansi Flikning asosiy tarkib uchun jiddiy variantlaridan biri bo‘lib turibdi.

«Barselona» — «Xetafe» uchrashuvi 10 oktyabr kuni «Kamp Nou»da bo‘lib o‘tadi.

Kiritildi: 17:19, 04.10.2026.
O'qildi: 760 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик