Kirish Ro'yxatdan o'tish

Kurtua katta takliflarni rad etib, «Real»da qolishga qaror qildi

Kurtua katta takliflarni rad etib, «Real»da qolishga qaror qildi

Baho:
+ | -

Belgiyalik darvozabon Tibo Kurtua Madridning «Real» klubida to‘p tepishni davom ettirish uchun moliyaviy jihatdan manfaatliroq takliflarni rad etishga qaror qildi. Bu haqda Diario AS xabar berdi.

Manba ma’lumotiga ko‘ra, darvozabon hozirgi jamoasida qolish istagini bildirgan. Qayd etilishicha, futbolchi amaldagi shartnomasini to‘liq bajarib, professional faoliyatini aynan «Real» safida yakunlashni rejalashtirmoqda.

Kurtua 2018 yil yozida «qaymoqranglilar» futbolchisiga aylangan. Belgiyalik darvozabon «Real» safida 14 ta sovrinni qo‘lga kiritgan, jumladan, ikki marta UYEFA Chempionlar ligasida g‘olib chiqqan.

Joriy mavsumda Kurtua klub miqyosidagi barcha musobaqalarda 8 ta uchrashuvda maydonga tushib, 9 ta gol o‘tkazib yuborgan.

Kiritildi: 17:21, 04.10.2026.
O'qildi: 1248 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик