Benyamin Sheshkoda boldir sohasidagi muammo yana qaytalanganidan so‘ng, «Manchester Yunayted»ning yana bir hujumchi xarid qilmagani borasida savollar paydo bo‘ldi.
Ayni paytda «Yunayted»ning hujum chizig‘idagi imkoniyatlari ancha cheklangan. Sheshko jamoa tarkibidagi yagona sof markaziy hujumchi hisoblanadi.
Manchester Evening News ma’lumotiga ko‘ra, klub Sheshko jarohatini to‘liq yengib o‘tgan deb umid qilgan edi. Ammo muammoning qaytalanishi transfer oynasida yana bir hujumchi olinmagani haqidagi qaror yuzasidan xavotirlarni kuchaytirdi.
Xabar qilinishicha, Maykl Kerrik va futbol direktori Jeyson Uilkoks ixtiyorlaridagi hujum variantlaridan qoniqish hosil qilgan. Ular hatto Joshua Zirkzeeni qo‘yib yuborishga ham tayyor bo‘lgan, uning transferidan tushadigan mablag‘ni esa chap qanot himoyasini kuchaytirishga sarflash rejalashtirilgan.
Markus Reshford, Brayan Mbeumo va Mateus Kunya ham hujumchi sifatida o‘ynay oladi, ammo har bir variantning o‘z muammosi bor.
Reshford markaziy hujumchi sifatida o‘ynashni istamaydi, Kunya esa bu pozisiyada harakat qilganida o‘zini yaxshi ko‘rsata olmagan. Shu bilan birga, Amadning jarohati «Yunayted»ning o‘ng qanotdagi imkoniyatlarini ham cheklab qo‘ygan. Bu esa Mbeumoni markazga o‘tkazishni yanada qiyinlashtirmoqda.













