«Chelsi» «Bornmut» yarim himoyachisi Aleks Skott uchun kurashda asosiy da’vogar bo‘lib turibdi. Bu haqda The Telegraph xabar berdi.
Xabi Alonso jamoasi angliyalik futbolchini o‘z safiga qo‘shib olish uchun jiddiy harakat qilmoqchi. Skottga «Liverpul» va «Arsenal» ham katta qiziqish bildirmoqda.
O‘tgan yozgi transfer oynasida «Bornmut» «Chelsi»ning Skott bo‘yicha bir nechta taklifini, jumladan, 60 million funtdan ortiq qiymatdagi taklifni ham rad etgan. Shunga qaramay, London klubi futbolchiga bo‘lgan qiziqishini yo‘qotmagan.
Enso Fernandes «Manchester Siti»ga sotilganidan so‘ng, «Chelsi» yarim himoya chizig‘ini yanvarda ham, kelasi yozda ham kuchaytirishni rejalashtirmoqda. «Bornmut» Skottni qishki transfer oynasida sotmaslikka qat’iy qaror qilgan, ammo «Chelsi» uni yozgacha kutishga tayyor.
Joriy mavsum yakunlanganidan so‘ng Skottning «Bornmut» bilan shartnomasi tugashiga bir yil qoladi. Klub 23 yoshli futbolchi bilan yangi kelishuv tuzishga harakat qildi, ammo muzokaralarda hozircha siljish yo‘q. Ayni paytda tomonlar butun e’tiborni joriy mavsumga qaratishga kelishib olgan.
Joriy mavsumda Aleks Skott Angliya Premyer-ligasida 5 ta uchrashuv o‘tkazib, 1 ta gol urdi.













