Sesar Aspilikueta «Chelsi» uning qalbida doimo alohida o‘rin tutishini aytdi va klub yana yirik sovrinlar uchun kurashadigan darajaga qaytishiga ishonch bildirdi.
«Chelsi»ning sobiq sardori 2023 yilda klubdagi 11 mavsumdan so‘ng «Stemford Bridj»ni tark etgan edi. Shunga qaramay, u hamon jamoaning barcha o‘yinlarini kuzatib boradi va klub kelajagiga umid bilan qaraydi.
«Men «Chelsi»ni tark etdim, ammo «Chelsi» doimo qalbimda qoladi. Har bir o‘yinni kuzataman va klub o‘zining munosib o‘rniga qaytishiga umid qilaman.
Hozir juda kuchli jamoalar bor va futbolda ba’zan vaqt kerak bo‘ladi. Futbolchilar o‘rtasida o‘zaro bog‘liqlik shakllanishi, ular birga o‘ynab, bir-birini tushunishi lozim.
«Chelsi» kabi katta klubda talab doimo yuqori bo‘ladi. Menimcha, bu tabiiy. Talabchanlik va katta maqsadlar bo‘lishi kerak, chunki «Chelsi» muxlisi sifatida sen doimo klubning sovrinlar yutishini ko‘rishni xohlaysan.
Men Xabi Alonso, uning murabbiylar shtabi va futbolchilar yaxshi ish olib borishiga ishonaman. Umid qilamanki, ular muxlislarga ko‘plab quvonchli lahzalar taqdim etadi», — dedi Aspilikueta.













