Kirish Ro'yxatdan o'tish
07/10 19:00 Neftchi - Xorazm

Osiyo o‘yinlari chog‘ida Janubiy Koreya terma jamoasi vakillariga bir necha marta hurmatsizlik ko‘rsatilgan

Osiyo o‘yinlari chog‘ida Janubiy Koreya terma jamoasi vakillariga bir necha marta hurmatsizlik ko‘rsatilgan

Baho:
+ | -
Bo'lim: OSIYO
Rukn: Yangiliklar

Janubiy Koreya yoshlar terma jamoasi Osiyo o‘yinlari finalida Yaponiyani 1:0 hisobida mag‘lub etdi. Musobaqalar doirasida koreyaliklar ketma-ket to‘rtinchi marta chempion bo‘ldi.

Taqdirlash marosimida Janubiy Koreya milliy madhiyasi yangray boshlagan paytda mamlakat bayrog‘i chalkashib qoldi. Tashkilotchilar muammoni tezkorlik bilan bartaraf eta olmadi. Chosun Biz ma’lumotiga ko‘ra, ikkinchi o‘rinni egallagan Yaponiya va uchinchi bo‘lgan Xitoy bayroqlari esa hech qanday muammosiz ko‘tarilib turgan.

Bu holat koreyalik muxlislarning noroziligiga sabab bo‘ldi. Yaponiyada esa voqea oddiy xatolik bilan izohlanib, Janubiy Koreyani haqorat qilish niyati bo‘lmagani ta’kidlanmoqda.

Qayd etish joiz, Osiyo o‘yinlari davomida Janubiy Koreya bilan bog‘liq norozilik uyg‘otgan birinchi holat bu emas. Avvalroq koreyalik sportchini taqdirlash marosimida Janubiy Koreya madhiyasi o‘rniga Shimoliy Koreya madhiyasi yangragan edi.

Shuningdek, erkaklar basketbol turniri finali oldidan Koreya terma jamoasi uchun ajratilgan avtobus kechikib kelgan. Manbaga ko‘ra, bu jamoaning tayyorgarligiga salbiy ta’sir ko‘rsatgan.

Kiritildi: 19:00, 04.10.2026.
O'qildi: 1210 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик