Kilian Mbappe Parijdagi tungi klubda sevgilisi bilan ko‘rinish berganidan so‘ng tanqidlarga uchradi.
Ispaniya jurnalistlari va «Real» muxlislari ijtimoiy tarmoqlarda futbolchiga jarohatidan tiklanish uchun ko‘ngilochar joylarga borishdan ko‘ra, sog‘lomlashish jarayoniga e’tibor qaratish foydali bo‘lishini ta’kidlashdi.
Shundan so‘ng Mbappe muxlislarni tinchlantirish maqsadida ikki videoni e’lon qildi. Birinchi videoda Kilian yugurish yo‘lakchasida mashq qilayotgan bo‘lsa, ikkinchisida velosiped haydayotgani aks etgan. Demak, «Real» muxlislarida xavotirga o‘rin yo‘q — futbolchi jismoniy holatini tiklash ustida ishlamoqda.
Avvalroq matbuotda Mbappe «Vilyarreal»ga qarshi 10 oktyabr kuni bo‘lib o‘tadigan uchrashuvni o‘tkazib yuborishi mumkinligi haqida xabarlar tarqalgan edi. Xabarlarga ko‘ra, Joze Mourinyu futbolchining sog‘lig‘i bilan bog‘liq vaziyatda ortiqcha tavakkal qilishni istamayapti.













