«Real» hujumchisi Vinisius Junior ayni paytda eng yaxshi formada emas. Jamoa bosh murabbiyi Joze Mourinyo braziliyalik futbolchini zaxira o‘rindig‘iga qo‘ymoqchi.
Biroq bu Vinisius asosiy tarkibdagi o‘rnini yo‘qotganini anglatmaydi — murabbiy yulduz futbolchini yanada yaxshi o‘ynashga undamoqchi.
«Mourinyo Vinisiusdan kerakli reaksiyani olishni, shu bilan birga futbolchining o‘ziga bo‘lgan ishonchini pasaytirmaslikni maqsad qilgan», — deyiladi Defensa Central nashridagi maqolada.













