Franko Mastantuono Argentina terma jamoasi safidagi uchinchi uchrashuvida ilk golini urdi. Bu Burkina-Fasoga qarshi bahsda sodir bo‘ldi — jahon vise-chempionlari raqibini 7:0 hisobida tor-mor etdi.
"Argentina terma jamoasi libosini yana kiyganimdan juda xursandman. Bu futbolka men uchun alohida ahamiyatga ega. Bu yozda jahon chempionatida ishtirok etmadim va bundan xafa bo‘ldim, chunki u yerda o‘ynashni juda istagandim.
Shuning uchun terma jamoaga yana chaqirilish uchun qanchalik qattiq mehnat qilishim kerakligi haqida o‘yladim. Gol urishga muvaffaq bo‘ldim va bundan juda xursandman. Odamlar mendan katta natijalar kutishyapti va men buni tushunaman. Mendan nimalar kutilayotganini bilaman", — deya Mastantuononing so‘zlarini derbyderbyderby.it keltirdi.
Klub miqyosida futbolchi ayni paytda "Fiorentina" sharafini himoya qilmoqda.













