Kirish Ro'yxatdan o'tish

"Liverpul" himoyachisi: "Pogba doimo men uchun o‘rnak bo‘lgan"

"Liverpul" himoyachisi: "Pogba doimo men uchun o‘rnak bo‘lgan"

Baho:
+ | -

Fransiya terma jamoasi va Angliyaning "Liverpul" klubida to‘p tepayotgan 21 yoshli markaziy himoyachi Jeremi Jake Pol Pogbani o‘z kumiri deb atadi.

"Pol Pogba doimo men uchun o‘rnak bo‘lgan va hozir ham shundayligicha qolmoqda. Men uning faoliyatini doimo kuzatib kelganman", — deya yosh futbolchining so‘zlarini Fransiyaning Telefoot nashri keltirdi.

33 yoshli Pogba 2026 yil yozidan buyon klubsiz qolmoqda. Yarim himoyachining so‘nggi jamoasi Fransiyaning "Monako" klubi bo‘lgan.

Avvalroq u "Yuventus" va "Manchester Yunayted" sharafini ham himoya qilgan.

Pogba Fransiya terma jamoasi safida 91 ta uchrashuv o‘tkazgan. U milliy jamoa bilan jahon chempioni bo‘lgan va UEFA Millatlar ligasi sovrinini qo‘lga kiritgan.

Kiritildi: 22:04, 04.10.2026.
O'qildi: 1087 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик