"Bavariya" va Fransiya terma jamoasining sobiq futbolchisi Frank Riberi vatandoshi Zinedin Zidan hamda niderlandiyalik Aryen Robben haqida fikr bildirdi.
"Aryen bilan bizda dunyodagi eng kuchli juftliklardan biri bor edi. Biz juda ko‘p mavsumlarni birga o‘tkazdik. Balki, bu futbol tarixidagi eng kuchli duetlardan biri bo‘lgandir.
Zidanga kelsak, "Zizu" — dunyoning eng yaxshi futbolchilaridan biri. Zinedin menga qo‘rqmasdan o‘ynash kerakligini aytardi. U men uchun akadek edi", — deya Riberining so‘zlarini La Gazzetta dello Sport keltirdi.
Riberi faoliyatining asosiy qismini Myunxenda o‘tkazgan. U 2007 yildan 2019 yilgacha "Bavariya" sharafini himoya qilgan.
Fransiya terma jamoasi safida esa vinger 81 ta uchrashuvda maydonga tushib, 16 ta gol urgan.













