Kirish Ro'yxatdan o'tish

Keyn 7:0 hisobidagi g‘alabadan keyin: "Bu butun Yevropaga signal"

Keyn 7:0 hisobidagi g‘alabadan keyin: "Bu butun Yevropaga signal"

Baho:
+ | -

Angliya terma jamoasi markaziy hujumchisi Garri Keyn Millatlar ligasida Xorvatiya ustidan mehmonda qozonilgan yirik g‘alaba haqida fikr bildirdi. Angliyaliklar raqibni 7:0 hisobida tor-mor etdi, Keyn esa ikkita gol urdi.

"Hisobda oldinda borayotganimizga qaramay, hujum qilishda davom etdik. Yana ko‘proq gol urishni istadik. Maydondagi fikrlash tarzi aynan shunday bo‘lishi kerak.

Biz shafqatsiz bo‘lishimiz kerak. Bu Yevropadagi boshqa jamoalar uchun signal bo‘ldi. Terma jamoamiz g‘alabaga juda chanqoq. Bunday g‘alabalar bizga katta motivasiya beradi", — deya Keynning so‘zlarini ESPN keltirdi.

Angliya terma jamoasi Millatlar ligasidagi navbatdagi o‘yinini 6 oktyabr, seshanba kuni o‘z maydonida Chexiyaga qarshi o‘tkazadi.

Kiritildi: 10:04, 05.10.2026.
O'qildi: 401 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик