Kirish Ro'yxatdan o'tish

Rakitich 0:7 hisobida mag‘lub bo‘lgan Xorvatiya haqida gapirdi

Rakitich 0:7 hisobida mag‘lub bo‘lgan Xorvatiya haqida gapirdi

Baho:
+ | -

Xorvatiya terma jamoasining taniqli sobiq futbolchisi Ivan Rakitich Angliyadan 0:7 hisobida qabul qilingan yirik mag‘lubiyat haqida o‘z fikrini bildirdi.

Xorvatlar Millatlar ligasidagi so‘nggi uchrashuvda o‘z maydonida Angliyaga yirik hisobda imkoniyatni boy berdi. Slaven Bilich shogirdlari seshanba kuni amaldagi jahon va Yevropa chempioni Ispaniyaga qarshi uy uchrashuvida muxlislari oldida o‘zini oqlashga harakat qiladi.

"Angliyadan 0:7 hisobidagi mag‘lubiyat juda og‘riqli bo‘ldi. Yutqazish mumkin, ammo bunday emas. Bu juda og‘ir vaziyat. Lekin agar shunday holat sodir bo‘lishi kerak bo‘lgan bo‘lsa, yaxshisi hozir — Millatlar ligasida ro‘y bergani ma’qul.

Ispaniya o‘ta motivasiyali Xorvatiyaga duch kelishidan umidvorman. Muxlislar ham raqibga juda katta bosim o‘tkazadi", — dedi Rakitich Radioestadio Noche bilan suhbatda.

Xorvatiya — Ispaniya uchrashuvi Toshkent vaqti bilan soat 23:45 da boshlanadi.

Kiritildi: 10:20, 05.10.2026.
O'qildi: 470 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик