Xorvatiyalik sobiq futbolchi Ivan Rakitich "Barselona"ning bosh murabbiy Xans-Diter Flik qo‘l ostidagi muvaffaqiyatli o‘yinlari haqida fikr bildirdi.
Flik 2024 yil yozida Xavi Ernandes o‘rnini egallab, "ko‘k-anorranglilar" bosh murabbiyiga aylangan edi. Shundan buyon jamoa ichki musobaqalarda yuqori natijalar qayd etib, tomoshabop hujumkor futbol namoyish etmoqda.
"Flik o‘zining nemischa mentaliteti bilan jamoada ajoyib muhit yaratdi, ijobiy fikrlashni singdirdi va to‘g‘ri ishlash madaniyatini yo‘lga qo‘ydi", — dedi Rakitich Radioestadio Noche bilan suhbatda.
Sobiq yarim himoyachi, shuningdek, qizlaridan biri "Barselona"ni faol qo‘llab-quvvatlashini ham aytdi.
"Katta qizim "Barselona"ning ashaddiy muxlisi. U Pedri va Yamalni juda yaxshi ko‘radi. Kichik qizim esa "Sevilya"ga muxlislik qiladi", — dedi xorvatiyalik futbolchi.
Ivan Rakitich 2014 yildan 2020 yilgacha "Barselona" sharafini himoya qilgan.













