"Brayton" safida to‘p tepayotgan xorvatiyalik himoyachi Luka Vushkovich Yevropaning bir qator yetakchi klublari qiziqishiga sabab bo‘lmoqda. Bu haqda jurnalist Ekrem Konur ijtimoiy tarmoqlarda ma’lum qildi.
19 yoshli iste’dodli futbolchining o‘yinini Madridning "Real", "Bavariya", "Manchester Yunayted", "Liverpul" va "Atletiko" klublari kuzatib bormoqda.
Vushkovichning transfer qiymati 60 million yevroga baholanmoqda. Uning "Brayton" bilan amaldagi shartnomasi 2031 yil iyun oyi oxiriga qadar mo‘ljallangan.
Joriy mavsumda himoyachi Angliya Premyer-ligasida beshta uchrashuv o‘tkazib, bitta gol urdi.
APLning besh turidan so‘ng "Brayton" 10 ochko bilan turnir jadvalida uchinchi o‘rinni egallab turibdi.













