Kirish Ro'yxatdan o'tish

Xoland nega Portugaliya bilan o‘yinda zaxiraga olingani tushuntirildi

Xoland nega Portugaliya bilan o‘yinda zaxiraga olingani tushuntirildi

Baho:
+ | -

Norvegiya terma jamoasi bosh murabbiyi Stole Solbakken Millatlar ligasida Portugaliyaga qarshi o‘yinda Erling Xoland nega almashtirilganini tushuntirdi.

To‘rtinchi tur doirasidagi uchrashuvda Xoland asosiy tarkibda maydonga tushdi, ammo 67-daqiqada almashtirildi. Dastlab norvegiyalik hujumchi jarohat olgani taxmin qilingan edi.

"Biz Xoland va yana besh-olti nafar futbolchi bilan shunday kelishib olgan edik: ular o‘zlarini 100 foiz kuch bilan o‘ynay olmaydigan holatda his qilsa, almashtiramiz. Taxminan 60-daqiqalarda almashtirish haqida gaplashgan edik va Xoland buni bilardi.

Yakunda u rejalashtirilganidan biroz ko‘proq o‘ynadi va o‘zini juda yaxshi ko‘rsatdi", — dedi Solbakken matbuot anjumanida.

To‘rt turdan keyin Norvegiya terma jamoasi uch ochko bilan to‘rtinchi guruh turnir jadvalida so‘nggi o‘rinni egallab turibdi.

Kiritildi: 10:37, 05.10.2026.
O'qildi: 419 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик