Kirish Ro'yxatdan o'tish

Irlandiya termasi murabbiyi: "Isroillik futbolchi menga tupurdi"

Irlandiya termasi murabbiyi: "Isroillik futbolchi menga tupurdi"

Baho:
+ | -

Millatlar ligasi guruh bosqichida Irlandiya va Isroil terma jamoalari o‘rtasidagi uchrashuvda mojaroli holat yuz berdi. Irlandiya termasining jismoniy tayyorgarlik bo‘yicha murabbiyi Demyen Doylning aytishicha, raqib jamoa futbolchilaridan biri unga tupurgan.

Hodisa stadionning tribuna ostidagi hududida sodir bo‘lgan. Voqeaga arena xavfsizlik xizmati xodimlari va polisiyachilar guvoh bo‘lgan. Uchrashuv Serbiyada neytral maydonda o‘tkazilgan. Futbolchining ismi oshkor qilinmagan.

Bundan tashqari, Irlandiya terma jamoasi bosh murabbiyi Xeymir Xadlgrimsson isroillik futbolchilarni muntazam provokasiyalarda aybladi.

"Menimcha, ularning rejasi aynan shu edi — bizni qo‘rqitish va qandaydir ahmoqona harakatga undash uchun provokasiya qilish", — deya mutaxassisning so‘zlarini Irish Mirror keltirdi.

Uchrashuv 1:1 hisobida yakunlandi. Birinchi davrada Irlandiya raqibini 3:0 hisobida mag‘lub etgan edi. O‘sha bahs ham neytral hududda — Vengriyada o‘tkazilgan.

Kiritildi: 10:40, 05.10.2026.
O'qildi: 887 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик