Kirish Ro'yxatdan o'tish
07/10 19:00 Neftchi - Xorazm

Benin futbolchisi Messining xayrlashuv o‘yini haqida: "Biz faqat zavq olamiz"

Benin futbolchisi Messining xayrlashuv o‘yini haqida: "Biz faqat zavq olamiz"

Baho:
+ | -

Benin terma jamoasi himoyachisi Muhammad Tijani Argentinaga qarshi bo‘lajak o‘rtoqlik uchrashuvi haqida fikr bildirdi.

Beninga qarshi bahs Lionel Messining Argentina terma jamoasidagi xayrlashuv o‘yini bo‘ladi. Uchrashuv 7 oktyabr kuni Buenos-Ayresdagi "Monumental" stadionida o‘tkaziladi.

"Bu o‘yinga hatto alohida tayyorgarlik ko‘rishimiz ham shart emas — biz shunchaki undan zavq olishni istaymiz, xolos. Ishoning, Messining futbolkasini uyga albatta olib ketaman, onamning haqqi qasam.

Messining oldiga borib: "Leo, men seni juda yaxshi ko‘raman, futbolkangni menga ber", deyman. U dunyoning eng yaxshi futbolchisi", — deya Tijanining so‘zlarini The Touchline keltirdi.

Uchrashuv Toshkent vaqti bilan soat 04:00 da boshlanishi rejalashtirilgan.

Kiritildi: 10:55, 05.10.2026.
O'qildi: 580 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик