Portugaliya terma jamoasi himoyachisi Joau Kanselu Krishtianu Ronalduning milliy jamoadagi kelajagi haqida fikr bildirdi. Portugallar Millatlar ligasining so‘nggi turida Norvegiyani 2:1 hisobida mag‘lub etdi.
"Krishtianu — bizning sardorimiz, terma jamoa ramzi va Portugaliya tarixidagi eng yaxshi futbolchi. Albatta, hammasi eng yaxshi tarzda yakunlanishi kerak.
Eng muhimi — bu to‘rtta g‘alaba. Barcha katta mehnat qildi, jumladan Ronaldu ham. Endi esa shu lahzadan zavqlanish kerak", — deya Kanseluning so‘zlarini A Bola keltirdi.
"Nima bo‘lishini faqat Proensa, Jezush va Ronaldu biladi. Albatta, bu hafta Krishtianu bilan gaplashdik, ammo nima haqida suhbatlashganimizni aytmayman", — dedi u.
Portugaliya terma jamoasi 12 ochko bilan o‘z guruhida peshqadamlik qilmoqda. Guruh bosqichining so‘nggi ikki uchrashuvi noyabr oyida o‘tkaziladi.













