"Barselona" prezidenti Joan Laporta futbolda avlodlar almashinuvi haqida fikr bildirdi.
"Bir davrni belgilab bergan futbolchilar ketishdi. Endi esa keyingi davrni belgilaydigan boshqa o‘yinchilar kelmoqda. Biz bu futbolchilarga jahon yulduzlariga aylanish imkonini beradigan sharoit yaratayotganimizdan faxrlanamiz", — deya Laportaning so‘zlarini Barça Universal nashri keltirdi.
"Barselona" Ispaniya La Ligasi turnir jadvalida yetakchilik qilmoqda. Kataloniyaliklar mavsumdagi dastlabki yettita uchrashuvning barchasida g‘alaba qozonib, 21 ochko jamg‘argan. Eng yaqin ta’qibchilar — "Atletiko" va "Betis" hisobida 16 tadan ochko bor.
Sakkizinchi turda Xans-Diter Flik shogirdlari "Xetafe"ni qabul qiladi. Uchrashuv 10 oktyabr kuni O‘zbekiston vaqti bilan soat 21:30 da boshlanadi.













