Argentina terma jamoasi yarim himoyachisi Enso Fernandes "albiseleste" bosh murabbiyi Lionel Skaloni haqida fikr bildirdi.
"Bu jamoani Skaloni yaratdi. Uning qolishi biz uchun juda muhim edi. Biz eng yuqori darajada kurashishda davom etamiz. Jamoa Leo Messining ketganini qabul qilishi va ishlashda davom etishi kerak", — deya futbolchining so‘zlarini ESPN Argentina keltirdi.
Eslatib o‘tamiz, Skaloni 2018 yildan buyon Argentina terma jamoasini boshqarib kelmoqda. Uning qo‘l ostida jamoa 2022 yilgi jahon chempionatida g‘olib chiqdi va ikki bor Amerika kubogini qo‘lga kiritdi.
48 yoshli mutaxassisning amaldagi shartnomasi 2026 yil dekabr oyi oxirida yakuniga yetadi.













