Vengriya terma jamoasining yulduz yarim himoyachisi Dominik Soboslai Millatlar ligasi guruh bosqichida Ukrainaga qarshi o‘yin oldidan o‘tkazilgan mashg‘ulotda ishtirok etmadi. Bu haqda Csakfoci jurnalistlari xabar berdi.
Manba ma’lumotiga ko‘ra, milliy terma jamoa murabbiylar shtabi futbolchiga qo‘shimcha dam berishga qaror qilgan. Soboslai Vengriya terma jamoasining avvalgi uchta uchrashuvida maydonga tushgan.
Ukraina va Vengriya terma jamoalari o‘rtasidagi bahs 6 oktyabr, seshanba kuni bo‘lib o‘tadi. Uchrashuv O‘zbekiston vaqti bilan soat 23:45 da boshlanadi.
Uch turdan so‘ng Vengriya F guruhida uchinchi o‘rinni egallab turibdi, Ukraina esa ikkinchi pog‘onada joylashgan.













