Kolumbiyalik hujumchi Kevin Viveros faoliyatini Angliya Premyer-ligasida davom ettirishi mumkin. Bu haqda insayder Ekrem Konur ijtimoiy tarmoqlar orqali xabar berdi.
26 yoshli markaziy hujumchiga "Sanderlend" va Birmingemning "Aston Villa" klublari qiziqish bildirmoqda. Futbolchining transfer qiymati 20 million yevro atrofida baholanmoqda.
Ayni paytda Viveros "Atletiko Paranaense" sharafini himoya qilmoqda. Uning Braziliya klubi bilan amaldagi shartnomasi 2028 yil iyun oyi oxiriga qadar mo‘ljallangan.
Joriy mavsumda kolumbiyalik futbolchi 32 ta uchrashuvda maydonga tushib, 19 ta gol urdi va 4 ta golli uzatmani amalga oshirdi.













