Kirish Ro'yxatdan o'tish

"Arsenal" himoyachisi jarohat qaytalanmasligi uchun nima qilayotganini aytdi

"Arsenal" himoyachisi jarohat qaytalanmasligi uchun nima qilayotganini aytdi

Baho:
+ | -

"Arsenal" va Niderlandiya terma jamoasi himoyachisi Yurriyen Timber yangi jarohatlardan saqlanish uchun qanday choralar ko‘rayotgani haqida gapirdi. Futbolchi jarohat sabab mavsumoldi tayyorgarligini o‘tkazib yuborgan, ammo sentyabr oyida safga qaytgan edi.

"Men har bir qadamimni juda puxta o‘ylab bosishim kerak, aks holda yana muammolarga duch kelishim mumkin. Men har bir o‘yinda maydonga tushishni va birorta ham mashg‘ulotni qoldirmaslikni istayman. Fizioterapevtlar menga maslahatlar berishadi va men ularni juda diqqat bilan tinglashim kerak", — deya Timberning so‘zlarini TEAMtalk nashri keltirdi.

Joriy mavsumda Timber Angliya Premyer-ligasida ikki uchrashuvda maydonga tushdi. Shuningdek, u Niderlandiya terma jamoasi safida Millatlar ligasidagi so‘nggi ikki o‘yinda ham ishtirok etdi.

Himoyachi ushbu to‘rtta uchrashuvda gol yoki golli uzatma bilan ajralib turmadi.

Kiritildi: 12:10, 05.10.2026.
O'qildi: 427 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик