Kirish Ro'yxatdan o'tish

Ramush Jezush haqida: "O‘yindan o‘yinga kuchayib boryapmiz"

Ramush Jezush haqida: "O‘yindan o‘yinga kuchayib boryapmiz"

Baho:
+1 | -

Portugaliya terma jamoasi hujumchisi Gonsalu Ramush Millatlar ligasida Norvegiyaga qarshi o‘yinda g‘alaba golini urishidan oldin bosh murabbiy Jorje Jezush unga qanday ko‘rsatma berganini aytib berdi. 4-tur uchrashuvi 2:1 hisobida Portugaliya foydasiga yakunlandi.

"Goldan bir-ikki daqiqa oldin biroz o‘ng tomonga siljigandim. Murabbiy menga: "Jarima maydoniga kir", dedi. Keyin gol urdim va u: "Ko‘rdingmi, men senga aytgandim", dedi", — deya Ramushning so‘zlarini A Bola nashri keltirdi.

Forvard so‘nggi uchrashuvlardagi o‘yiniga ham baho berdi:

"Bu mening mehnatim samarasi. Terma jamoa va klublarda doimo shunday ishlayman. Men har doim maydonga tushish va jamoaga foyda keltirishga tayyorman. Albatta, hujumchi uchun gol — eng yoqimli natija, ammo men o‘yinning barcha jihatlarida jamoaga yordam berishga harakat qilaman".

Ramush Jezushning ishiga ham yuqori baho berdi:

"Biz murabbiyni avvaldan yaxshi bilardik va u jamoaga nimani olib kirmoqchi ekanini tasavvur qilardik. U bilan ilgari ishlagan futbolchilarga tizimga moslashish osonroq. Hujumda ham, himoyada ham aniq g‘oyalarimiz bor. Biz o‘yindan o‘yinga yaxshilanib boryapmiz va bu to‘rtta uchrashuv kelajakda nimalarga qodir ekanimizni ko‘rsatyapti".

Portugaliya 12 ochko bilan guruhda peshqadamlik qilmoqda. Daniya hisobida 6 ochko, Uels va Norvegiyada esa 3 tadan ochko bor.

Kiritildi: 12:15, 05.10.2026.
O'qildi: 385 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик