"Kristal Pelas" hujumchisi Jan-Filipp Mateta qishki transfer oynasida jamoasini o‘zgartirishi mumkin. Insayder Ekrem Konurning xabar berishicha, Angliya klubi fransuz forvardini kelayotgan qishda sotuvga qo‘yishga qaror qilgan.
Matetaga "Manchester Yunayted" anchadan buyon qiziqish bildirib kelmoqda. Shuningdek, hujumchi "Milan" va Saudiya Arabistoni chempionatining bir nechta klubi e’tiborini ham tortgan.
29 yoshli futbolchining bozor qiymati Transfermarkt portali tomonidan 30 million yevroga baholangan. Uning "Kristal Pelas" bilan shartnomasi kelasi yilning iyun oyi oxirida yakuniga yetadi.
Joriy mavsumda Mateta Angliya Premyer-ligasida atigi bitta uchrashuvda maydonga tushdi.













