"Inter"ning sobiq futbolchisi Uesli Sneyder faoliyati davomida bir jamoada o‘ynagan eng kuchli besh nafar futbolchini sanadi. Bu ro‘yxatga nafaqat "Inter", balki "Ayaks" va "Real"dagi sobiq sheriklari ham kirdi.
"Tanlash juda qiyin. Guti albatta bu ro‘yxatda bo‘lishi kerak. Ammo yana Milito, Samuel, Dzanetti va Serxio Ramos bor — mana besh kishi. Kivu, Robben... Bunday futbolchilar juda ko‘p", — deya Sneyderning so‘zlarini fcinter1908.it keltirdi.
Ayni paytda "Inter" Italiya A Seriyasi turnir jadvalida ikkinchi o‘rinni egallab turibdi. Keyingi turda Kristian Kivu shogirdlari "Parma"ga qarshi maydonga tushadi.













