"Nottingem Forest" markaziy himoyachisi Murillo faoliyatini Angliya Premyer-ligasining boshqa klubida davom ettirishi mumkin. Bu haqda Football Insider xabar berdi.
Manba ma’lumotiga ko‘ra, 24 yoshli braziliyalik futbolchini o‘z safiga qo‘shib olish uchun "Chelsi", "Liverpul" va "Manchester Yunayted" qiziqish bildirmoqda.
Shu bilan birga, "Nottingem Forest" qishki transfer oynasida Murillo bilan xayrlashishni rejalashtirmayapti.
Futbolchining klub bilan amaldagi shartnomasi 2030 yil iyun oyi oxiriga qadar mo‘ljallangan. Murilloning transfer qiymati 50 million yevroga baholanmoqda.
Joriy mavsumda braziliyalik himoyachi Angliya Premyer-ligasida 5 ta uchrashuvda maydonga tushdi.













