«Fulxem»ning yarim himoyachisi Joshua King bir nechta Yevropa klublarining e’tiborini tortdi. Bu haqda insayder Ekrem Konur ijtimoiy tarmoqlarda ma’lum qildi.
19 yoshli angliyalik futbolchining o‘yinlarini «Arsenal», «Liverpul» va Dortmundning «Borussiya» klublari kuzatib bormoqda. «Dachniklar» esa Kingning ehtimoliy transferidan 60 million yevro ishlab olishni rejalashtirmoqda.
Joshua 2024 yil yozidan buyon «Fulxem» futbolchisi hisoblanadi. Yarim himoyachining klub bilan amaldagi shartnomasi 2029 yil iyun oyi oxirigacha amal qiladi.
King joriy mavsumda Angliya Premyer-ligasida beshta uchrashuvda maydonga tushib, ikkita gol urdi.













