Taniqli italiyalik mutaxassis Antonio Konte hozirda ishsiz bo‘lib, Yevropaning ikki klubi qiziqish doirasida turibdi. Bu haqda Football-Italia xabar bermoqda.
Manbaga ko‘ra, Konte nomzodini bosh murabbiylikka taklif qilishdan «Manchester Yunayted» va Turinning «Yuventus» klublari manfaatdor.
57 yoshli murabbiyning so‘nggi ish joyi «Napoli» bo‘lgan. U 2025/2026 yilgi mavsum yakuniga ko‘ra neapolliklar klubini tark etgan.
Eslatib o‘tamiz, hozirda «keksa sinyora» bosh murabbiyi lavozimida Luchano Spalletti ishlamoqda. «Qizil iblislar»ga esa ayni paytda Maykl Kerrik rahbarlik qilmoqda.













