Kirish Ro'yxatdan o'tish
07/10 19:00 Neftchi - Xorazm

Pavlidis Gresiyaning Millatlar ligasidagi natijalarini baholadi

Pavlidis Gresiyaning Millatlar ligasidagi natijalarini baholadi

Baho:
+ | -

Millatlar ligasi guruh bosqichining 4-turidan o‘rin olgan o‘z maydonidagi uchrashuvda Gresiya terma jamoasi Germaniya bilan 0:0 hisobida durang o‘ynadi. Ushbu natija haqida hujumchi Vangelis Pavlidis fikr bildirdi.

«Bunday natijalardan xursand bo‘lish kerak. Biz ikki marta g‘alaba qozondik va ikki marta durang o‘ynadik. Jamoamiz yaxshi himoyalana olishini ko‘rsatdi. Qolgan uchrashuvlarda ham barchasi muvaffaqiyatli kechadi, deb umid qilaman. Iloji boricha yuqoriroq ko‘tarilishni xohlaymiz», — deya hujumchining so‘zlarini UEFA matbuot xizmati keltirmoqda.

To‘rt turdan so‘ng Gresiya terma jamoasi 8 ochko jamg‘arib, B guruhida ikkinchi o‘rinda bormoqda. Yunonlar keyingi uchrashuvni noyabr oyi o‘rtasida Niderlandiyaga qarshi o‘tkazadi.

Kiritildi: 15:37, 05.10.2026.
O'qildi: 380 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик