Radio Marca jurnalisti Matias Prats «Real» hujumchisi Kilian Mbappeni tanqid qildi.
Mutaxassis fransiyalik futbolchi klubga nisbatan juda yengiltak munosabatda bo‘layotganini ta’kidladi. Prats «qaymoqranglilar» muxlislarining futbolchiga bo‘lgan munosabati o‘zgarayotganini aytdi.
«Real» muxlislari Mbappe qaysi o‘yinlarda o‘ynashni, qaysi uchrashuvlarda esa maydonga tushmaslikni o‘zi hal qilayotganidan charchay boshladi. Mbappe “Madrid”ga kerak bo‘lgan yetakchimi? Aslo yo‘q», — dedi Prats.
Kilian Mbappe yana mojaro markazida qoldi. Fransiyalik futbolchi velosipedda sayr qilayotgan videosini joyladi. Avvalroq «qaymoqranglilar» bosh murabbiyi Joze Mourinyo futbolchilarga bunday qilish taqiqlanganini ta’kidlagan edi.
«Real» La Ligada to‘rtinchi o‘rinda bormoqda va «Barselona»dan olti ochko ortda qolgan.













