Kirish Ro'yxatdan o'tish

Benin darvozaboni Messining so‘nggi o‘yini haqida: "Bu xotira umrbod qoladi"

Benin darvozaboni Messining so‘nggi o‘yini haqida: "Bu xotira umrbod qoladi"

Baho:
+ | -

Benin terma jamoasi va Janubiy Afrikaning yuqori divizionida ishtirok etadigan "Kryuger Yunayted" klubi darvozaboni Marsel Dandjinu Argentinaga qarshi o‘rtoqlik uchrashuvi haqida fikr bildirdi. Ushbu bahs Lionel Messi uchun milliy terma jamoadagi so‘nggi o‘yin bo‘ladi.

Uchrashuv 7 oktyabr, chorshanba kuni O‘zbekiston vaqti bilan soat 04:00 da boshlanadi.

— Leoning futbolkasini kim olishini hal qilish uchun qur’a tashlanadimi?

"Agar jamoamizdagi istalgan futbolchidan so‘rasangiz, barchasi uning futbolkasini olishni xohlaydi. Ular ko‘plab futbolka tayyorlab, har bir futbolchiga bittadan bersa, juda ajoyib bo‘lardi. Chunki futbolkani faqat bir kishi ola oladigan bo‘lsa, bu oson masala bo‘lmaydi — uni hammamiz xohlaymiz!"

— "Monumental" stadionidagi muhitdan nimani kutyapsiz?

"U yerda o‘ynash — juda katta sharaf. Bu xotira men bilan bir umrga qoladi. Faoliyatim haqida gapirar ekanman: "Men o‘sha yerda edim — afsonaning so‘nggi o‘yinida, Messining so‘nggi uchrashuvida", deb ayta olaman. Bu aql bovar qilmas voqea", — deya Dandjinunning so‘zlarini Marca keltirdi.

Kiritildi: 16:02, 05.10.2026.
O'qildi: 413 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик