Fransiya terma jamoasi bosh murabbiyi Zinedin Zidan qanot himoyachilari pozisiyasidagi futbolchilar sifati bilan bog‘liq muammoni hal qilish uchun Fransiya futbol federasiyasidan chora ko‘rishni talab qildi. Bu haqda L’Equipe xabar berdi.
Zidan milliy texnik direktor Yuber Furnyega ushbu pozisiya uchun yangi futbolchilarni tayyorlashga qaratilgan uzoq muddatli chora-tadbirlar rejasini ishlab chiqish iltimosi bilan murojaat qilgan.
Murabbiy Fransiya U21 terma jamoasi bosh murabbiyi Jerald Batikl va U20 jamoasi ustozi Bernar Diomeduga ham tegishli ko‘rsatmalar bergan. Zidan istiqbolli futbolchilarni yoshlar terma jamoalari bosqichidanoq qanot himoyachisi pozisiyasida sinab ko‘rishni istamoqda.
Joriy xalqaro tanaffus davomida qanot himoyasida aslida markaziy himoyachi bo‘lgan "Monako" futbolchisi Kristian Mavissa va "Lans" vakili Ismaelo Ganiudan foydalanildi.













