Manbaga ko‘ra, «Real» bosh murabbiyi Joze Mourinyo jamoa uchun yangi himoyachi topgan.
«Kastilya» futbolchisi Mario Rivas madridliklar murabbiyiga ma’qul kelmoqda. Himoyachi jarohat olgan va uzoq muddatga safdan chiqqan Raul Asensioning o‘rnini «qaymoqranglilar» tarkibida egallash uchun eng katta imkoniyatga ega.
Mario Rivas joriy mavsumda oltita uchrashuvda maydonga tushdi. Ushbu o‘yinlarda futbolchi bitta golli uzatma amalga oshirdi. Transfermarkt futbolchining qiymatini 2 million yevro deb baholamoqda.













