Kirish Ro'yxatdan o'tish

Ikardi "Galatasaroy"ga qaytish uchun maoshini keskin kamaytirishga tayyor

Ikardi "Galatasaroy"ga qaytish uchun maoshini keskin kamaytirishga tayyor

Baho:
+ | -

Hujumchi Mauro Ikardi "Galatasaroy"ga qaytish uchun maoshini sezilarli darajada kamaytirishga tayyor. Bu haqda argentinalik jurnalist Nayara Vekkyo X ijtimoiy tarmog‘ida xabar berdi.

Manba ma’lumotiga ko‘ra, futbolchi Turkiya klubiga o‘z xizmatlarini yiliga 3,5 million yevro maosh evaziga taklif qilgan va hatto 2 million yevro olishga ham rozi.

Ikardi sobiq turmush o‘rtog‘i Vanda Naradan qizlarini o‘z qaramog‘iga olish uchun moliyaviy talablarini kamaytirishga tayyor ekani aytilmoqda. Jurnalist ma’lumotiga ko‘ra, bolalar Turkiyada yashashni istamayapti.

Avvalroq Ikardi "Galatasaroy" safida ijara asosida to‘p surgan, keyinchalik esa klub bilan to‘liq shartnoma imzolagan.

Shu bilan birga, argentinalik futbolchining Yevropa futboliga qaytishi sog‘lig‘i bilan bog‘liq muammolar sabab qiyinlashishi mumkin. Vekkyo ma’lumotiga ko‘ra, jarohat tufayli Ikardi klublarda tibbiy ko‘rikdan o‘tishda qiyinchiliklarga duch kelmoqda.

Kiritildi: 16:07, 05.10.2026.
O'qildi: 839 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик