Kirish Ro'yxatdan o'tish
07/10 19:00 Neftchi - Xorazm

Xyoysen rulda telefon ishlatgan surati sabab muxlislar tanqidiga uchradi (Foto)

Xyoysen rulda telefon ishlatgan surati sabab muxlislar tanqidiga uchradi (Foto)

Baho:
+ | -

"Real" himoyachisi Din Xyoysen jamoadoshi Tyago Pitarch bilan avtomobilda telefon ushlab tushgan surati tarqalganidan so‘ng ijtimoiy tarmoqlarda tanqidlarga uchradi.

Madrid klubi muxlislari futbolchini Ispaniya qonunchiligini buzganlikda ayblab, uning xatti-harakatini keskin tanqid qildi.

"U bir vaqtning o‘zida xabar yozyapti va mashina haydayapti. Keyin esa buni yana internetga joylayapti", — deb yozdi foydalanuvchilardan biri.

Xyoysen Ispaniya terma jamoasi bosh murabbiyi Luis de la Fuente uni JCH-2026 uchun qaydnomaga kiritmaganidan so‘ng yana milliy jamoaga chaqiruv oldi.

Himoyachi 10 oktyabr kuni "Real"ning "Vilyarreal"ga qarshi navbatdagi uchrashuvida diskvalifikasiya sabab ishtirok etmaydi. U xalqaro tanaffus oldidan "Atletiko"ga qarshi Madrid derbisida (1:2) qizil kartochka olgan edi.

Kiritildi: 16:15, 05.10.2026.
O'qildi: 710 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик