Futbolchilarning transfer qiymatini baholashga ixtisoslashgan Transfermarkt portali Ispaniya La Ligasining eng qimmat futbolchilari yangilangan reytingini taqdim etdi. "Barselona" vingeri Lamin Yamal ro‘yxatdagi birinchi o‘rnini saqlab qoldi.
Top-10 dan Madridning "Real" klubidan besh nafar, "Barselona"dan esa to‘rt nafar futbolchi joy oldi. Kuchli o‘nlikdagi "Atletiko"ning yagona vakili — hujumchi Xulian Alvares.
Transfermarkt talqini bo‘yicha 5 oktyabr holatiga La Liganing eng qimmat 10 futbolchisi:
-
Lamin Yamal ("Barselona") — 220 mln yevro.
-
Kilian Mbappe ("Real") — 200 mln yevro.
-
Jud Bellingem ("Real") — 160 mln yevro.
-
Pedri ("Barselona") — 150 mln yevro.
-
Vinisius Junior ("Real") — 130 mln yevro (-10 mln).
-
Yan Diomande ("Real") — 120 mln yevro (+30 mln).
-
Fermin Lopes ("Barselona") — 110 mln yevro (+10 mln).
-
Xulian Alvares ("Atletiko") — 110 mln yevro (-10 mln).
-
Arda Gyuler ("Real") — 100 mln yevro (+10 mln).
-
Pau Kubarsi ("Barselona") — 100 mln yevro.













