Angliya terma jamoasi bosh murabbiyi Tomas Tuxel milliy jamoa safida 125-o‘yinini o‘tkazishi va bu ko‘rsatkich bo‘yicha Piter Shiltonga tenglashishi mumkin bo‘lgan Xarri Keyn haqida fikr bildirdi.
"Rostini aytsam, u haqida aytish uchun yangi so‘zlar qolgan-qolmaganiga ham ishonchim komil emas. U "Oltin to‘p"ga da’vogarlardan biri. Biz u haqida shu qadar ko‘p gapirdikki, yangi so‘zlar topishga harakat qilyapman, ammo buning ham ma’nosi qolmayapti.
U nima qilmasin, barchasini eng yuqori darajada va doimiy ravishda bajaradi. Ishonchim komilki, mashg‘ulot paytida ham jamoani birinchi bo‘lib maydonga boshlab chiqadi, razminkada yetakchilik qiladi va birorta ham qadamni kam yoki sekin bosmaydi.
Uning darajasi mana shunday. "Bavariya"da bu muhim rolni o‘z zimmasiga olganidan so‘ng, Keyn yangi bosqichga ko‘tarildi. U maydonda ham, uning tashqarisida ham eng yuqori darajada", — dedi Tuxel matbuot anjumanida.
6 oktyabr kuni Tuxel jamoasi Millatlar ligasida Chexiyaga qarshi maydonga tushadi. Uchrashuv O‘zbekiston vaqti bilan soat 23:45 da boshlanadi.













