Kirish Ro'yxatdan o'tish

Irlandiya murabbiyi UYEFAdan Isroil bilan qayta to‘qnash kelmaslik chorasini ko‘rishni so‘radi

Irlandiya murabbiyi UYEFAdan Isroil bilan qayta to‘qnash kelmaslik chorasini ko‘rishni so‘radi

Baho:
+ | -

Irlandiya terma jamoasi bosh murabbiyi Xeymir Xadlgrimsson Isroilga qarshi ikki uchrashuvdan so‘ng UYEFAni kelajakdagi turnirlar qur’asida bu ikki jamoani bir-biridan ajratishga chaqirdi.

Mutaxassis Millatlar ligasidagi o‘yinlar haqida gapirar ekan, "Bu barchamiz uchun og‘ir sinov bo‘ldi", — dedi.

Yakshanba kuni jamoalar Millatlar ligasi 4-turi doirasida Serbiyaning Bachka-Topola shahrida tomoshabinlarsiz o‘tgan uchrashuvda 1:1 hisobida durang qayd etdi. Bundan avval Irlandiya Vengriyada o‘tgan 3-tur bahsida Isroilni 3:0 hisobida mag‘lub etgan edi.

Uchrashuvlar atrofidagi vaziyat haqida Xadlgrimsson shunday dedi:

"Hammasini anglab olish va keyin oldinga harakat qilish uchun bizga vaqt kerak. Bunday payt dushmanlarni tanib olish uchun ham eng yaxshi fursat: yerda yotganingda va seni tepishganda, kim zarba berishga harakat qilganini ko‘rish oson bo‘ladi".

Kelajakda ikki jamoa yana o‘zaro o‘ynashi kerakmi, degan savolga murabbiy quyidagicha javob berdi:

"Yo‘q, kerak emas. Buni hal qilish bizga emas, UYEFAga bog‘liq. Hech bir milliy terma jamoa biz so‘nggi ikki haftada boshdan kechirgan holatni boshidan o‘tkazishini istamasdim. UYEFA aralashishi va chora ko‘rishi kerak", — dedi Hadlgrimsson RTÉ telekanali efirida.

Kiritildi: 16:58, 05.10.2026.
O'qildi: 649 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик