"Roma" bosh murabbiyi Jan Pyero Gasperini terma jamoalar o‘yinlari sabab Italiya chempionatida yuzaga kelgan uzoq tanaffus haqida fikr bildirdi.
"Bunday uzoq tanaffus — yangilik. Bir necha yil avval noyabr oyida Qatardagi Jahon chempionati sabab ham chempionatda tanaffus bo‘lgan edi, ammo o‘shanda bu yirik turnir bilan bog‘liq edi.
Terma jamoalar asosan o‘rtoqlik uchrashuvlarini o‘tkazayotgan, Yevropa yoki Jahon chempionati kabi yirik musobaqalarda ishtirok etmayotgan bir paytda milliy chempionatlarni to‘xtatish — bu eksperiment", — dedi Gasperini Sky Sport nashriga.
"Odamlardan so‘rasangiz, bu holatdan katta mamnuniyat yo‘q. Ammo endi bu sodir bo‘ldi. UYEFA va FIFA rahbarlari kelajakda bunday formatni yana qo‘llash kerakmi-yo‘qmi, baholab ko‘radi", — deya qo‘shimcha qildi mutaxassis.
24 sentyabrdan 6 oktyabrga qadar Yevropa terma jamoalari Millatlar ligasi guruh bosqichidagi oltita turning to‘rttasini o‘tkazdi.













